Har kuni ochiq 10:00–21:00
23-dekabr – tozalik kuni
Творческие занятия с педагогами в марте
Bayramona qor parchalari, bantiklar va yulduzlarni yaratamiz. Chiziqlar va qorishmalarni tayyorlaymiz, munchoqlarni tizamiz hamda elementlarni qirqib olamiz, bo‘lajak bezaklarning detallarini birlashtirib, kutubxonaning katta o‘quv zalida archamizni birgalikda bezatamiz.

Tavsiya etiladigan yosh: 0+, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ota yoki onaning ishtiroki shart
25-dekabr
Ish markazi zali
11:00–12:00
Oilaviy archa bezaklari ustaxonasi (0+)
Kutubxonamiz pedagoglari va xodimlari bilan rasmli kitoblar o‘qiymiz, ibratli voqealarni muhokama qilamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat va qiziqish uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 5 yoshgacha, ota yoki onaning ishtiroki shart
26-dekabr
Kichik transformer zali
11:00–11:30
JAJJI KICHKINTOYLAR UCHUN KITOBLAR TO‘GARAGI (0–5)
Muloqot qurish ko‘nikmalarini mashq qilamiz,
yangi so‘z va iboralarni do‘stona hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan muhitda bilib olamiz. Tilni kamida A2 darajada bilish tavsiya etiladi.

Muloqot tili: ingliz tili
Tavsiya etiladigan yosh: 11–14
26-dekabr
Kichik transformer zali
17:00–18:00
INGLIZ TILIDA MULOQOT TO‘GARAGI (11–14)
Bayramona qor parchalari, bantiklar va yulduzlarni yaratamiz. Chiziqlar va qorishmalarni tayyorlaymiz, munchoqlarni tizamiz hamda elementlarni qirqib olamiz, bo‘lajak bezaklarning detallarini birlashtirib, kutubxonaning katta o‘quv zalida archamizni birgalikda bezatamiz.

Tavsiya etiladigan yosh: 0+, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ota yoki onaning ishtiroki shart
27-dekabr
Ish markazi zali
12:00–13:00
Oilaviy archa bezaklari ustaxonasi (0+)
Radioboshlovchi va kutubxonamiz xodimi Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga o‘zbek tilidagi kitoblarni mutolaa qilamiz, ibratli voqealar haqida suhbatlashamiz hamda adabiyotga mehr-muhabbat uyg‘otamiz.

Muloqot tili: o‘zbek tili
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
27-dekabr
Kichik transformer zali
13:00–14:00
Bolalar kitob to‘garagi (6–10)
Dizayner va “J.Kim” savdo belgisi asoschisi Jenya Kim ishtirokida tabriknomalar yaratamiz. Mualliflik andazalari, antiqa matolar bilan ishlaymiz, chiziqlar va mayin sirtlarni samimiy nomalarga uyg‘unlashtiramiz.
27-dekabr
Ish markazi zali
14:00–15:00
Jenya Kim bilan oilaviy tabriknomalar tayyorlash ustaxonasi (5+)
Mari va Gaspar Toshkent fransuz alyansining xodimlari bo‘lib, ular yosh mutaxassislarga xorijdagi ma’rifiy loyihalar bilan ishlash imkonini beruvchi “Service Civique” dasturining ishtirokchilari hisoblanadi. Mari grafik dizaynni, Gaspar esa O‘rta asrlardagi Yaqin Sharq tarixini o‘rganadi. Ular ikki oydirki Toshkentda yashab, ishlab kelmoqda va fevral oyining oxirigacha poytaxtda qolishadi!

Fransiyada qog‘ozdan tayyorlangan bayram bezaklarini ko‘pincha butun oila birga yasaydi: oddiy qog‘ozdan yulduzlar, archalar, qor parchalari va haykalchalar hosil bo‘ladi, ular bilan Rojdestvo va Yangi yilni kutib, uyni bezashadi. Fransuz tilidagi yangi so‘zlarni o‘rganamiz va Fransiyada uyda, maktabda va rojdestvo yarmarkalarida aytiladigan an’anaviy qishki qo‘shiqlarni kuylaymiz.

Muloqot tili: ingliz va fransuz tillari
27-dekabr
Ish markazi zali
16:00–18:00
Fransuz Alyansining Yangi yil ustaxonasi (8+)
Qadam tashlash, sakrash va muayyan sinovlardan o‘tish kerak bo‘lgan quvnoq “sayr-u sayohat”lardan tortib, o‘ylash, tavakkal qilish-u g‘alaba qozonish muhim sanalgan kooperativ sarguzashtlar hamda strategiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil stol o‘yinlari bilan tanishamiz. Kutubxonada qanday o‘yinlar borligini bilib, yangilarini topamiz. O‘ynaymiz, muloqot qilamiz va foydali ko‘nikmalarni rivojlantiramiz: kelishib olishni, jumboqlarni yechishni, ijodiy fikrlashni hamda jamoada ishlashni o‘rganamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 6–10
27-dekabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
STOL O‘YINLARI (6–10)
Yosh moliyachilarning guvohnomasini olib, bekatlar bo‘ylab sayohat o‘yiniga yo‘lga chiqamiz. Yo‘l-yo‘lakay daromadlar, xarajatlar va jamg‘armalar nima ekanini bilib olamiz. Istak va ehtiyojlarni farqlashni o‘rganamiz hamda kichik qadamlar katta orzular sari yetaklashdagi o‘rnini bilib olamiz. Savol-javob g‘oliblariga Markaziy bank va UZCARD tomonidan sovg‘alar taqdim etiladi. Bayramona kiyinib kelinglar!

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
27-dekabr
Majlislar zali
17:00–18:00
Markaziy bank va Valyuta birjasi vakillari ishtirokida bayramona savol-javob o‘yini (7+)
Bayramona qor parchalari, bantiklar va yulduzlarni yaratamiz. Chiziqlar va qorishmalarni tayyorlaymiz, munchoqlarni tizamiz hamda elementlarni qirqib olamiz, bo‘lajak bezaklarning detallarini birlashtirib, kutubxonaning katta o‘quv zalida archamizni birgalikda bezatamiz.

Tavsiya etiladigan yosh: 0+, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ota yoki onaning ishtiroki shart
28-dekabr
Ish markazi zali
12:00–13:00
Oilaviy archa bezaklari ustaxonasi (0+)
Sarvinoz Yo‘ldosheva – pianinochi va “Uzbekistan Airways” bort kuzatuvchisi. Aviatsiya sohasida ishlashdan oldin u bolalarga pianino chalishni o‘rgatgan. Bugun Sarvinoz parvozlar oralig‘ida cholg‘uga qaytmoqda va musiqaga bo‘lgan muhabbatini ukasi bilan baham ko‘rmoqda: u bilan sahnada duet ijro etadi.

Mumtoz musiqa va sevimli qishki kompozitsiyalarni tinglaymiz. Sayohatga jomadonlarsiz va chiqish talonlarisiz, o‘zbek va xorijiy bastakorlarining asarlari orqali yo‘l olamiz.
28-dekabr
Majlislar zali
12:00–13:00
“Uzbekistan Airways” bilan bayram konserti (3+)
Maktublar olis masofada bo‘lsangiz ham yaqinlaringizning bevosita yoningizdaligini his etishning bir usuli. Bular qo‘lyozma satrlari, fakturali pomarkalar va kichik rasmlar bo‘lib, ular murojaatchiga nisbatan samomiylik va e’tiborni saqlaydi.

Pochta qanday ishlashi bilan tanishamiz, pochta indeksi nima uchun kerakligini va konvertni to‘g‘ri to‘ldirishni bilib olamiz. O‘zimizga yoki yaqinlarimizga — o‘tayotgan yilning yutuqlari, sevimli kitoblarimiz va yangi yil tilaklari haqida xatlar yozamiz. Rasmlar va tafsilotlarni qo‘shamiz, konvertlarni muhrlaymiz, kutubxonaning cheklangan markasini yelimlaymiz va xatlarni yuborish uchun UzPost jamoasiga topshiramiz.
28-dekabr
Ish markazi zali
13:00–14:00
UzPost bilan Yangi yil pochtasi (5+)
Shaxmat taxtasida bellashamiz, qiziqarli partiyalarni muhokama qilamiz va yangi yurishlarni sinab ko‘ramiz. To‘garak “aql charxi”ni o‘ynashni biladigan, amaliyot o‘tashni, strategiyani takomillashtirishni hamda hamfikrlilar orasida, do‘stona muhitda vaqt o‘tkazishni xohlaydigan kattalar uchun hozir-u nozir.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 16+
28-dekabr
Majlislar zali
14.00–15.00
Shaxmat to‘garagi (16+)
“Qand” – taomshunoslik, hunarmandchilik va tasviriy san’at kesishmasida faoliyat yurituvchi poytaxtning shokolad sexi. “Did san’ati” yondashuvi bilan tanishamiz, unda rassomlar turli didlarni vizual qiyofada ifodalaydilar. His-tuyg‘ularning badiiy tili: bodomning ta’miga qaysi rang mos kelishi, behi nordonligining darajasi, nonning tuzilishiga qaysi shakl mos kelishi haqida suhbatlashamiz. Rasm chizish va mulohazali suhbat orqali bolalar ta’mning o‘zlariga xos vizual ifodalarini yaratadilar.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
28-dekabr
Ish markazi zali
15:00–16:00
“Qand” bilan erkin ijod ustaxonasi (7+)
O‘rta asr shaharlari binokorligi va sayyoralararo janglardan tortib, izquvar tekshiruvlar va keskin uslublarni o‘z ichiga olgan qiziqarli stol o‘yinlari olamini tadqiq etamiz. Kutubxona to‘plami bilan tanishamiz, o‘yin mexanikasini ko‘rib chiqib, do‘stona muhitda strategik fikrlashni mashq qilamiz.

Muloqot tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etiladigan yosh: 11+
28-dekabr
Kichik transformer zali
16:00–17:30
O‘SMIRLAR UCHUN STOL O‘YINLARI (11+)
Oq qog‘oz qarshisidagi hayajon, qofiyalardagi samimiyat va g‘oyaning qanday qilib zo‘r qo‘shiqqa aylanishi haqida suhbatlashamiz. Ishtirokchilar o‘z satrlarini umumiy kompozitsiyaga yozadilar, xohlovchilar esa nima hosil bo‘lganini o‘qib beradilar.
28-dekabr
Ish markazi zali
17:00–18:00
Konsta bilan rep ustaxonasi (14–26 yosh)
Joylar soni cheklangan. Iltimos, roʻyxatdan oʻting.
Собрание детского книжного клуба. Читаем и обсуждаем книгу Елены Ульевой «Идем к стоматологу» вместе с Шахзодой Джураевой, радиоведущей и сотрудницей нашей библиотеки. Познакомимся с познавательной историей о пугливом зайчонке и смастерим тематическую поделку.

У зайчонка заболели зубы, но он боится идти к врачу. Вдруг доктор все только испортит и малыш не сможет грызть морковку? Вместе с героем отправимся в кабинет стоматолога и разберемся, почему врачей не стоит пугаться, для чего нужны разные инструменты и почему так важно ухаживать за зубами.

Язык проведения: узбекский и русский
Возраст: 5+
13:00–14:00
МАЛЫЙ ЗАЛ-ТРАНСФОРМЕР